
Rasman! "Liverpul" o‘z futbolchisini "Xall Siti"ga ijaraga berdi
"Liverpul" futbolchisi Fabiu Karvalyu faoliyatini Chempionshipda davom ettiradi. U "Xall Siti"ga ijara asosida ko‘chib o‘tdi.
Shartnomada hech qanday sotib olish bandi mavjud emas. U joriy mavsum oxiriga qadar "yo‘lbarslar" sharafini himoya qiladi.
Shu vaqtga qadar Karvalyu "Leyptsig" ixtiyorida bo‘lib turgandi. Hujumkor yarim himoyachi Bundesliganing 9 o‘yinida ishtirok etdi, ammo birorta samarali harakat amalga oshira olmadi.
Fikrlar