
Rasman! "Liverpul" JCh kashfiyotlaridan birining transferini e’lon qildi (foto)
PSV futbolchisi Kodi Gakpo faoliyatini Angliya Premer ligasida davom ettiradi.
"Liverpul" niderlandiyalik hujumchi transferini e’lon qildi. 23 yoshli forvard mersisaydliklar libosida 18-raqam ostida harakat qiladi. Avvalroq, Gakpoga "Manchester Yunayted"dan jiddiy qiziqish borligi taxmin qilingandi.
Kodi "uchar gollandlar" tarkibida Jahon chempionatida porladi va o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar