
Rasman! Koke "Atletiko" bilan shartnomani yangiladi. Endi u avvalgidan kamroq maosh oladi
2011 yildan beri "Atletiko"ning asosiy jamoasida to‘p tepib keladigan Kokening mavsum so‘nggida "matraschilar"ni tark etish imkoniyati bor edi, lekin u bilan shartnoma yana bir yilga uzaytirildi.
Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, endilikda 2025 yilgacha amal qiladigan bitimni yana yangilash imkoniyati ham bor. Shuningdek, yarim himoyachi maoshini 8 million evrodan 3 million evrogacha kamayishiga rozi bo‘ldi. Madrid klubi bu yozda bir nechta ko‘p oylik oladigan futbolchilaridan qutilmoqchiligi borasida mish-mishlar mavjud.
Koke uchun ushbu mavsum ham ko‘taringki kayyaiftda o‘tmoqda. U jamoasi tarkibida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar