
Rasman! Diego Godin "Inter" futbolchisiga aylandi
Mavsum yakunlariga ko‘ra “Atletiko” bilan shartnomasi nihoyasiga etgan Diego Godin faoliyatini Italiyada davom ettiradigan bo‘ldi.
33 yoshli urugvaylik futbolchi bundan buyon “Inter” sharafini himoya qiladi. “Neradzurrilar” Godinni o‘z futbolchisi sifatida e’lon qilishdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra erkin agent maqomida borib qo‘shilgan Godin milanliklar bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Godin “Atletiko” safida 2010 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “matraschilar” tarkibida jami 389ta o‘yinda maydonga tushdi va 27ta gol urishga erishdi.
Fikrlar