Rasman! Chernogoriyalik murabbiylar Superliga klubida ish boshladi

  • 3 aprel, 2023, 12:33
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha “Metallurg” qarorgohida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Klub rahbariyati jamoa o‘yinchilariga murabbiylar shtabidagi o‘zgarishlarni ma’lum qildi. Unga ko‘ra bugundan e’tiboran jamoa bosh murabbiy lavozimida chernogoriyalik Vesko Steshevich faoliyat yuritadi.

Tecno

Vesko Steshevich 57 yoshda. Mazkur murabbiyning so‘nggi jamoasi Rossiya Federatsiyasining “Arsenal” (Tula) klubidir. Unga qadar “Podgoritsa”, “Dechich”, “OFK Grbal”, “ Mlalost”, “Al-Faysali”, “Rostov”, “Dinamo” (Moskva), “Amkar” (Perm) jamoalarida faoliyat yuritgan. “Arsenal”da tajribali Miodrag Bojovich shtabida ishladi.

Steshevich o‘zi bilan “Metallurg” jamoasiga yordamchi sifatida Nenad Vukchevishni ham olib keldi. Nenad 48 yoshda. Futbolchilik faoliyatida hujum chizig‘ida o‘ynagan. Sobiq Yugoslaviya, Gretsiya, Shvetsiya klublarida to‘p tepgan. Futbolchilik faoliyatini tugatgach, murabbiylik sohasida tahsil oldi. UEFA litsenziyasini qo‘lga kiritgach, o‘zi tug‘ilib o‘sgan Chernogoriyaning “Spartak” (Subbotitsa), “Petrovas”, “Podgoritsa” jamoalarida ishladi.

"Metallurg" matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sardor Ergashev
03/04/2023 12:36
Yappy ilovani reklama qilmaylare nima bi vedio