
Rasman! Cherchesov Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi
Rossiya futbol uyushmasi terma jamoa bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov borasida qaror qabul qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Cherchesov va murabbiylar shtabi lavozimini tark etdi. Endi ushbu lavozimga nomzod topish ishlari boshlangan.
Cherchesov Rossiya terma jamoasini 2016 yili qabul qilib olgandi. U 2018 yilgi JChda chorak finalga qadar etib bordi. Evro-2020da esa Belgiya, Daniya va Finlyandiya joylashgan guruhda oxirgi o‘rinni egalladi.
Ushbu natijadan so‘ng rossiyalik muxlislar va futbol jamoatchiligi murabbiyni keskin tanqid qildi. Uzoq munozaralardan so‘ng Cherchesov lavozimidan ozod etildi.
Fikrlar