
Rasman! "Bunyodkor"ning sobiq ustozi yana ishsiz qoldi
Braziliyaning "Gremio" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali Luis Felipe Skolarini bosh murabbiy lavozimidan iste’foga chiqarilganini e’lon qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, klub rahbariyati 72 yoshli braziliyalik mutaxassisga qo‘shib, uning murabbiylar shtabini ham ishdan bo‘shatdi. Ushbu iste’foga sabab sifatida jamoa qayd etayotgan natijalarning qoniqarsizligi ko‘rsatilgan.
72 yoshli Skolari "Gremio"ni 2021 yilning iyul oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Luis Felipe Skolari murabbiylik faoliyati davomida Braziliya va Portugaliya terma jamoalarini shuningdek, "Chelsi", "Palmeyras" va "Bunyodkor" kabi klublarni boshqargan.
Fikrlar