
Rasman! "Atletiko" Mourino bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi (FOTO)
“Atletiko” Madrid o‘z rasmiy saytida Urugvayning "Rasing Montevideo" klubi himoyachisi Alvaro Santyago Mourino Gonsalesni sotib olganini e’lon qildi.
Manbaga ko‘ra, 21 yoshli markaziy himoyachi “matraschilar” bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, urugvaylik futbolchi Diego Simeone qo‘l ostida mavsumoldi mashg‘ulotlarni boshlaydi, shundan so‘ng bosh murabbiy futbolchini jamoada qoldirish yoki ijaraga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Fikrlar