Rasman! “Arsenal” yangi transferni e’lon qildi (Foto)

  • 4 iyul, 2022, 12:57
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" "Manchester Siti"dan hujumchi Gabriel Jezus bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.

Tecno

Oldinroq, "kanonirlar" hujumchi uchun 45 million funt to‘lashi, 25 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qilishi xabar qilingandi. Jezus kecha Londonda tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Gabrielga poytaxning boshqa jamoasi “Chelsi” ham taklif bilan chiqqan edi. Ammo yakunda braziliyalik forvard “to‘pchilar”ni tanladi.

Yakuniga etgan mavsum hujumchi “Siti”ning Angliya Premer ligasi doirasidagi 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 8 ta assistni yozdirib qo‘ygan.

fafa

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!