
Rasman! "Arsenal" futbolchisi "Marsel" bilan shartnoma imzoladi
"Marsel" klubi matbuot xizmati "Arsenal" yarim himoyachisi Matteo Genduzining transferi amalga oshirilganini e’lon qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ushbu transfer frantsuz grandiga 11 million evroga tushgan. 23 yoshli futbolchi esa yangi jamoasi bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan. Yarim himoyachi o‘tgan mavsumni aynan "Marsel" safida ijara asosida o‘tkazgan edi.
Genduzi 2018 yildan 2021 yilgacha "Arsenal" sharafini himoya qilib keldi. U o‘tgan davr mobaynida “kanonirlar” safida barcha musobaqalarda jami 82 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U bundan avval “Loren” va “Gerta” jamoalarida ham o‘ynagan. Frantsiya terma jamoasi safida esa 1 ta o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar