
Rasman! "You Tube" blogeri sobiq "Bellator" chempioni va UFC jangchisiga qarshi ringga ko‘tariladi
Hozirgi vaqtda profescional boksda nafaqat bokschilar, balki boshqa soha vakillari ham ko‘rgazmali janglarda ishtirok etmoqda. Xususan, mashhur "You Tube" blogerilardan biri Jek Pol 17 aprel kuni yana ringga ko‘tariladi. Unga MMA jangchisi, ko‘p karra "Bellator" chempioni Ben Askren raqiblik qiladi.
Jek Pol shu kunga qadar 2 bora ko‘rgazmali janglarda ishtirok etgan. Dastlab, u 2020 yilning 30 yanvar kuni hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev bilan bir kechada boshqa bir bloger Enson Gibni mag‘lub etgan bo‘lsa, 24 noyabr kuni Mayk Tayson va Roy Jons jang kechasida basketbol yulduzi Neyt Robinsonni chuqur nokautga uchratgan edi.
Bek Askren MMA jangchisi bo‘lib, "Bellator"ning sobiq chempioni hisoblanadi. U UFC promoushenida ham uch marta jang o‘tkazib, ikkitasida imkoniyatni boy bergan va bitta g‘alabaga erishgan. Askren bu safar ko‘rgazmali jangda o‘z omadini sinab ko‘radi.
Fikrlar