
Rashidov va Amanov "Bunyodkor" yig‘iniga qo‘shildi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Bunyodkor" "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Mazkur o‘yinda jamoa yig‘iniga yangi qo‘shilgan yarim himoyachi Sanjar Rashidov va darvozabon Asilbek Amanov boshlang‘ich daqiqalardanoq harakat qildi. Agar futbolchilar klub rahbariyatiga ma’qul kelsa, ular bilan shartnoma imzolanadi.
Eslatib o‘tamiz, Rashidov o‘tgan mavsumni "So‘g‘diyona"da, Amanov esa "Surxon"da o‘tkazgan edi.
Fikrlar