
Raneri Shomurodov masalasiga nuqta qo‘ydi!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodovning “Roma”dagi kelajagi mavhum bo‘lib turgandi.
Ayniqsa, qishki transfer bozori ochilgaridan beri A Seriya jamoalaridan bir nechtasi o‘zbek hujumchisini ijaraga olish bo‘yicha Rim klubiga murojaat qilib kelmoqda. Hamyurtimizga Italiyada va Germaniya klublaridan qiziqish bo‘layotgani xabar qilindi.
Biroq, bu borada “Kalyari”, “Empoli” va “Venetsiya” 29 yoshli hujumchini olish uchun Rim klubiga murojaat qildi.
Eldor Shomurodov uchun kurashda bir necha bor favorit o‘zgardi. Italiya matbuoti “Venetsiya” vakillari mavsum yakunlanganidan keyin o‘zbek legionerini to‘liq transfer qilish majburiyatini olishini bildirgan edi. Bir necha manbalar bu taklif “Roma”ga ma’qul kelgani va transfer tez orada amalga oshishini yozmoqda.
“Roma” navbatdagi turda “Udineze” mehmoni bo‘lib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Shomurodov tanaffusdan keyin Zeki Chelik o‘rnini egallab, bir bo‘lim to‘liq o‘ynadi. Bellashuvning ikkinchi yarmida Eldor jamoasining asosiy figurasiga aylandi va g‘alabaga katta hissa qo‘shdi.
Aynan mana shu uchrashuvdan keyin rimliklar bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘zbek futbolchisining “Venetsiya”ga o‘tishi haqidagi savolga javob berib, Eldor atrofidagi vaziyatga oydinlik kiritdi.
Nufuzli manbalardan biri – tuttomercatoweb.com portali tajribali mutaxassisning quyidagi munosabatini keltirdi.
- Transfer haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas, men shu erda ekanman bu yigitlardan foydalanishda davom etaman.
“Udineze” o‘yin borasida “AZ Alkmaar”dan keskin farq qiladi va men bu o‘yinda Eldor Shomurodov foyda keltira oladi, degan xulosaga keldim. Siz raqibning qanday zich himoyalanganini ko‘rdingizmi? Ko‘pgina kuchli jamoalar bu erda ochko yo‘qotgan.
Men Shomurodovning imkoniyatlarini yaxshi bilaman. U bilan “Kalyari”da ishlaganman. Bu uchrashuvda Eldor pleymeyker vazifasini o‘z zimmasiga oldi, maydon ichkarisidan hujumlarni tashkil qilishda jonbozlik ko‘rsatdi.
Agar unda yanada kuchayish imkoniyati yuzaga kelsa, buni nazardan qochirmayman, klubdagilarni kuzatib boraman. Shomurodov jiddiy professional o‘yinchi. Bunaqa tipdagi o‘yinchi bilan ishlayotanimdan baxtiyorman, - dedi Klaudio Raneri.
Eldor Shomurodov joriy mavsumda barcha turnirlarda 16 marotaba maydonga tushib, ikkita gol va bitta assist muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali o‘zbekistonlik forvardning transfer summasini 4 million evroga baholanmoqda.
“Qora an’ana”ga chek qo‘yilgan uchrashuvda Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Husanov, o‘kinma, Messi ham birinchi “kalla” qo‘ygan edi!
APL Husanov haqida g‘aroyib fakt chiqardi!
Husanov yolg‘iz emas: APLda debyuti bundan-da og‘ir o‘tgan yulduzlar bor!
“Manchester Siti” yulduzlari Husanovni qanday himoya qilyapti?
Fikrlar