
Ramos "Real Sosedad"ga qarshi o‘yinda Edegorni haqorat qildi
"Real" Madrid klubi himoyachisi Serxio Ramos yana bir bor o‘zining insoniylik jihatlarini salbiy tomondan ko‘rsatdi.
Gap shundaki Ramos kuni kecha "Real Sosedad"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Ispaniya kubogi chorak final bahsida raqib futbolchisi Martin Edegor bilan tortishib qoldi. Aniqrog‘i, norvegiyalik futbolchi Ramosga nisbatan qo‘pol o‘yin ko‘rsatdi, natijada ispaniyalik futbolchi unga nisbatan juda haqoratli so‘zlarni ishlatdi.
Ma’lumot uchun, Edegor asli “Real” futbolchisi hisoblanadi. U “Real Sosedad” safida ijara asosida to‘p surmoqda.
Fikrlar