
Ramos Ispaniya terma jamoasining Italiyaga mag‘lubiyati haqida gapirdi
Ispaniya terma jamoasi safida jahon va Evropa chempionligini qo‘lga kiritgan himoyachi Serxio Ramos “qizil furiya”ning “Evro-2020”dan chiqib ketganiga munosabat bildirdi.
Luis Enrike boshchiligidagi jamoa musobaqaning yarim finalida Italiyaga penaltilar seriyasida yutqazib qo‘ydi.
“Achinarli va adolatsiz. Ishonolmayman, lekin siz butun mamlakatni titroq va hayajonda ushlab turdingiz. Men jamoamiz bilan faxrlanaman”, - dedi Ramos.
Eslatib o‘tamiz, Serxio Ramos jarohati sabab ushbu Evropa chempionatini o‘tkazib yubordi.
Fikrlar