
Ramos faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi
"Barselona" rasmiy matbuot xizmati "Boka Xuniors" markaziy himoyachisi Santyago Ramos transferini e’lon qildi.
Ta’kidlanishicha, "blaugranaslar" 18 yoshli futbolchi bilan 3+2 ko‘rinishida shartnoma imzolashgan.
Ma’luotlarga ko‘ra, argentinalik futbolchi dastlab "Barselona B" safida to‘r suradi, bu vaqt ichida uni sotib olish narxi 60 million evroni tashkil qiladi. Agar Ramos asosiy tarkib vakiliga aylanadigan bo‘lsa, unda bu narx 100 million evroga ko‘tariladi.
Fikrlar