Rakitich yana sobiq jamoasiga qaytmoqchi

  • 20 mart, 2020, 09:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich mavsum yakunlangach “Sevilya”ga qaytishi mumkin.

Tecno

Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra xorvatiyalik futbolchi andalusiyaliklar safida kamroq maosh olishi mumkinligiga qaramay, faoliyatini davom ettirish uchun ushbu klubni eng to‘g‘ri variant sifatida ko‘rmoqda.

“Sevilya” ham Rakitichning transferi bo‘yicha “Barselona” bilan aloqaga chiqqan. Ayni damda kataloniyaliklar futbolchining vakillari bilan bu borada muzokaralar o‘tkazishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rakitich 2011-2014 yillarda “Sevilya” sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng u “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!