Rahbariyat bilan urushib qolgan "An-Nasr" futbolchisi Ispaniyaga qaytishi mumkin

  • 16 may, 2024, 18:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" himoyachisi Emerik Lyaport Ispaniyaga qaytishi mumkin. 

Ma’lum bo‘lishicha, "Atletiko" uni o‘z safiga qo‘shib olishni istaydi. Futbolchining o‘zi ham mazkur chorlovni qabul qilib, sobiq klubiga qaytishga tayyor. 

"Tododichajes" nashrining xabar berishicha, Ispaniya klubi transferni amalga oshirish yo‘lini izlamoqda. Qayd etilishicha, futbolchi Saudiya Arabistoni futboliga va mamlakatdagi kundalik hayotga to‘liq moslasha olmagan. Bundan tashqari, Riyod klubi rahbarlari Lyaportning Saudiya Arabistoni haqidagi bayonotini tushunmagan va buning uchun unga nisbatan sanktsiya qo‘llamoqchi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!