Rafael van der Vart: Felish "Atletiko" uslubiga mos kelmadi

  • 3 fevral, 2020, 20:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gollandiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Rafael van der Vart portugaliyalik futbolchi Joau Felish haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Felish - iqtidorli futbolchi, ammo "Atletiko" uning uslubiga to‘g‘ri kelmadi. Madridliklar Felishni olib kelishganida, Simeone o‘zining o‘yin uslubini o‘zgartiradi deb o‘ylagan edim. Ammo bunday bo‘lib chiqmadi.

G‘alabadan muhimroq narsa yo‘q, ammo sening jamoangda Felishga o‘xshagan iqtidor egasi bo‘lsa, uning atrofida o‘yin qurishingga to‘g‘ri keladi.

"Atletiko" himoyaga tayangan qarshi hujumda to‘p suradi. Shu sababli Felish noto‘g‘ri murabbiy qo‘l ostida, noto‘g‘ri klubda to‘p surmoqda", - deydi van der Vart.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!