
Rafael Benites Frantsiya klubini boshqarishi mumkin
Yaqinda “Nyukasl” bilan yangi shartnoma imzolashga rozi bo‘lgan ispaniyalik Rafael Benites “hakkalar”ni tark etishi mumkin.
E’quipe nashri xabar berishicha, Benitesning agenti “Lion” prezidenti bilan muzokara o‘tkazgan. Tomonlar ushbu mutaxassisni Frantsiyaga tashrifi borasida o‘zaro suhbatlashgan.
Eslatib o‘tamiz, Benites “Nyukasl”ni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. U jamoani Chempionshipdan yana APLga olib chiqqan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa joriy mavsum yakuniga qadar imzolangan.
Fikrlar