
"Qo‘qon-1912"ni jiddiy imtihon kutyapti
Coca Cola Superligasi 21-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” - “Paxtakor” uchrashuvi 1 oktyabr kuni Qo‘qon shahridagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.
O‘zaro o‘yinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 31 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 5 tasida qo‘qonliklar zafar quchishgan, 19 ta bahsda “Sherlar”ning qo‘li baland kelgan. 7 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbati – 82-41, “Paxtakor” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 22 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Paxtakor”ning ochkosi 64 tani tashkil etadi.
Ushbu jamoalarning so‘nggi oltita uchrashuvi
12.05.2021 "Paxtakor" - "Qo‘qon-1912" - 3:0
20.10.2020 "Paxtakor" - "Qo‘qon-1912" - 2:1
18.08.2020 "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" - 1:3
26.07.2019 "Paxtakor" - "Qo‘qon-1912" - 3:1
29.06.2019 "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" - 1:2
12.08.2018 "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" - 1:1
Fikrlar