Bizga o‘tsang, maoshing to‘rt karra oshadi

  • 21 avgust, 09:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni klublari Evropa futbolida porlayotgan o‘yinchilarni olish harakatini to‘xtatmayapti.  So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Al-Ahli” klubi “Yuventus”dan o‘yinchi so‘ragan.

Tecno

Bu gal shayxlar nazariga Manuel Lokatelli tushdi. “Al-Ahli” turinliklarga yuborgan birinchi urinishida transfer uchun 25 million evro tikdi.

Biroq “Yuventus” mutasaddilari bu taklifni qabul qilmadi va Lokatelli uchun 35 million evrodan boshlangan investitsiyalarni ko‘rib chiqishini bildirdi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, “Al-Ahli” rahbariyati 27 yoshli yarim himoyachiga yiliga 10 million evro maosh va yana ikki million evro bonus va’da qilyapti. Bu summa Lokatellining hozirgi maoshidan to‘rt baravar ko‘p.

Lokatellining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha tuzilgan. Hozir har ikki klub o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!