Maksim Shatskix 2:6 hisobidagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 23 avgust, 00:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” - “Paxtakor” (2:6) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix ishtirok etdi.

Tecno

- Birinchi taymda urilgan gollarni ko‘rdinglar, kulguli. Ba’zi vaziyatlardan to‘liq foydalanganimizda hisob boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi. Ikkinchi taymni yaxshiroq boshladik. Afsuski, xatolik ko‘p bo‘ldi. Ikkinchi taymda ko‘p harakat qildik, yutishni ham o‘yladik. Biroq yakun o‘xshamadi. Himoyadan hujumga o‘tayotganda ham bizga tezkorlik etishmadi. Juda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik.

- Alamli mag‘lubiyat. Jamoaga yangi qon quyish kerakmikin?

- Buning uchun vaqt kerak. Ikki-uch oy ichida yaxshi jamoani shakllantirib bo‘lmaydi. Yangi futbolchilar tarkibimizda bor. Ularga maqsadimizni to‘liq o‘rgatish uchun vaqt kerak bo‘lyapti. Ko‘p narsa ruhiyatga ham bog‘liq. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin butunlay boshqa jamoa bo‘ladi.

- Ikkinchi davrada dastlabki 5 ta o‘yinda 4 ochko olishini kutmaganmidingiz?

- O‘yinni to‘liq tahlil qilib ko‘ring, biz qaerda mag‘lubiyatga uchraganimizni o‘zingiz bilasiz. “Navbahor”, “Mash’al, bugun “Paxtakor”. O‘yinlarni tahlil qilib ko‘ring-da. O‘yinchilarimiz individual tarafdan u qadar kuchli emas. “Paxtakor”da esa faqatgina individual jihatdan kuchli futbolchilar bor. Biz imkon qadar jamoaviy o‘yin tashkil qilishga harakat qilyapmiz. O‘tkazilgan gollarni ko‘rdingizmi? Hatto, bolalar futbolida ham bunday gollarni o‘tkazib yuborishmaydi. Keyingi xulosalar uchun bu o‘yindan ham juda yaxshi ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Jamoaviy holatda yomon o‘ynamadik, deb o‘ylayman. Individual mahoratimiz kamligi hisobiga mag‘lubiyatga uchradik, deb o‘ylayman. Ha, raqib tez, mahoratli, bizdan ko‘ra ko‘proq xulosa chiqarishadi. Bu - futbol.

- Erjan Tokotaev o‘z darvozasidan 6 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning o‘yiniga munosabatingiz qanday?

- U balki xato qilgandir, bu borada darvozabonlar murabbiyi bor, tahlil qilamiz. Balki keyingi o‘yinlarda o‘zgarish qilishimiz mumkindir. To‘g‘ri, 6 ta gol o‘tkazish bu yomon natija.

- Himoyachilarning o‘yiniga fikringiz qanday?

- Markaziy himoyaga Altin Kreziuni qo‘ygandik. Abdurahmon Komilov ham o‘ynadi. Ayrim futbolchilar borki, “Andijon”ning talabiga javob bermaydi. Ular esa jamoaga mosman deb o‘ylashadi. Bunday o‘yinlar xulosa chiqarishimizga sabab bo‘ladi. Hozircha almashtirish imkoniyati yo‘q. Birinchi davradan so‘ng qanot himoyachisiz qolgandik, ba’zi futbolchilarda jarohatlar bor edi. Sunnatilloh Hamidjonovni oldik. Unda ham jarohat bor edi. Abdulvohid G‘ulomov endi jarohatidan forig‘ bo‘lyapti. Bunday jarohatdan so‘ng uni tushirish qiyin edi. Boshqa imkoniyatimiz yo‘q edi. Ikkinchi taymda Usmonovni tushirdik. Bilaman, u himoyachi emas. Lekin bu pozitsiyada birinchi marta o‘ynamayapti. Bolalarcha xatolikka yo‘l qo‘ydik. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!