"Qo‘qon-1912" yangi maqsadlar yo‘lida

  • 10 iyun, 2022, 15:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor “Qo‘qon-1912” jamoasi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi. Klubning yangi rahbari Grigoriy Ayrapetov jamoaga kelgach, yangi maqsad va yangi marralarni ko‘zlab ish boshladilar.

Tecno

Eng birinchi maqsad “Qo‘qon-1912” jamoasining uy stadioni bo‘lgan Qo‘qondagi “markaziy” stadionini halqaro standartlar talabiga mos holatga keltirish hamda jamoaning uydagi o‘yinlarini “markaziy”ga ko‘chirish.  Bu yo‘lda jamoa rahbariyati hamda barcha ishchi-xodimlar eng shimarib ishga kirishdilar. 

“Markaziy” stadion chimini parvarishlash maqsadida stadion barcha tadbirlar uchun vaqtincha yopildi. Maydon parvarishi uchun kerak bo‘lgan texnikalar hamda uskunalar keltirilib maydonda katta ko‘lamdagi ishlar boshlanib ketdi. Chimga ishlov berish, kerakli bo‘lgan mineral o‘g‘itlar bilan parvarishlash ishlari, bu sohadagi etakchi mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda olib borilmoqda.

kukon stadion

“Markaziy” stadion yoritish tizimini yangilash o‘z yakuniga etmay qolgan edi. Yangi rahbariyat bu borada ham harakatlarni boshlab yuborishgan. Barcha ishlar reja bo‘yicha davom etsa “Qo‘qon-1912” jamoasi 2-davradan boshlab o‘z maydoniga qaytadi. Jamoaning uy uchrashuvlari “markaziy” stadionida o‘tkaziladi. Stadiondagi barcha mayda kamchiliklar bartarf qilinib, ta’mirtalab joylar ta’mirdan chiqarilmoqda.

Shu bilan birgalikda jamoaning yoshlar tarkiblari to‘p suradigan 2-BO‘SMga qarashli stadionda ham bir talay ishlar olib borilmoqda. Stadion darvozalari yangilandi. Bu stadion ham barcha talablarga mos tarzda jihozlanadi. Stadiondagi tablolar ishga tushirilib, maydon chetiga reklama bannerlari o‘rnatiladi.

Xullas, “Qo‘qon-1912” yangi maqsadlar sari katta qadam tashlashni boshladi.

“Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Avaz Begmatov
10/06/2022 17:23
Уйин хам яхшиланса зур буларди
Avaz Begmatov
10/06/2022 17:23
Уйин хам яхшиланса зур буларди
Ilyosxon Akramov
10/06/2022 15:29
Яхши янгилик..