
"Qo‘qon-1912" Birinchi liga jamoasiga mag‘lub bo‘ldi
Bugun Pro liga vakili "Qo‘qon-1912" Toshkentda Birinchi liga jamoasi "Olimpiya"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
O‘yin toshkentliklarning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga etdi. Mezbonlar safida Usmonov hamda Cho‘lponov urgan gollarga qo‘qonliklar Isoqjonovning aniq zarbasi evaziga bir bor javob qaytardi.
Shuningdek, qo‘qonliklarning U-19 jamoasi andijonlik tengqurlariga qarshi maydonga tushdi. Mazkur bahsda "shunqorlar" 3:2 hisobida zafar quchdi.
Fikrlar