
Qo‘l jangi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi yakunlandi. Umumjamoa hisobidagi kuchli uchlik bilan tanishing!
Xabaringiz bor, Andijon shahri qo‘l jangi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslariga mezbonlik qildi. 19-23 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan ushbu turnir anchagina qiziqarli va shiddatli to‘qnashuvlarga boy bo‘ldi.
Yakunda, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni Davlat xavfsizlik xizmati jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Milliy gvardiya jamoasi egalladi. 3-o‘rin esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasiga nasib etdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanishdi.
Fikrlar