
"Qizilqum"ning sobiq ustozi Tojikistonning birinchi raqamli jamoasini boshqaradi
Tojikistonning birinchi raqamli klubi – “Istiqlol”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Rossiyalik Igor Cherevchenko lavozimini tark etganidan so‘ng uning o‘rnini o‘zbek muxlislariga tanish bo‘lgan serbiyalik mutaxassis Nikola Lazarevich egalladi. U 2022 yili Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga ustozlik qilgan.
Ushbu mutaxassisning “Istiqlol”ga bosh murabbiy etib tayinlanganini klub matbuot xizmati rasman e’lon qildi. Tomonlar bir yillik shartnoma imzoladilar. Lazarevichga hamyurtlari – Predrag Peshich va Jorji Koralich yordamlashishadi. Shuningdek, Dilshod Vosiev va Dmitriy Tyapushkin ham uning murabbiylar shtabidan o‘rin oldilar.
Lazarevich murabbiylik faoliyati mobaynida “Qizilqum”dan tashqari “Radnichki” (Serbiya), “Shenjen, BSU (ikkalasi – Xitoy), “Al-Taavun” (Saudiya Arabistoni) singari klublarda ham ishlagan. Shuningdek, u “Atletiko” (Ispaniya), “Kopengagen” (Daniya), “Zenit” (Rossiya) va “Bazel” (Shveytsariya) kabi Evropaning taniqli klublarida malaka oshirgan.
Fikrlar