"Qizilqum" ustozi "Bunyodkor"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 3 iyul, 2019, 18:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Liga Kubogining 2-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Qizilqum» (3:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar murabbiyi Obid Xudoyorov ishtirok etdi. Bu haqda "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Har ikkala jamoa ham chiroyli o‘yin namoyish qildi, gol urish uchun vaziyatlar yaratildi. Biz o‘zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalana olmadik va yutqazdik. Bizning asosiy muammomiz, hujumlarni gol bilan yakunlay olmaslikda. Bugungi o‘yin bo‘yicha yigitlarga e’tiroz yo‘q.

Davralar oralig‘ida hujum chizig‘imizni kuchaytirishni rejalashtirganmiz. Kimni olib kelishni bosh murabbiy hal qiladi. Aytgancha, bugun gol urgan legionerimiz jarohat bilan harakat qilgani sababli o‘zini to‘liq ko‘rsata olmadi, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!