
"Qizilqum" o‘rtoqlik uchrashuvida Pro liga klubiga mag‘lub bo‘ldi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘zbek jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.
Bugun "Bahrom Vafoev" stadioni zaxira maydonida "Mash’al" va "Qizilqum" nazorat o‘yini o‘tkazdi. Unda muborakliklar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Gollarga Abdumalik Norqobilov hamda Bexruz Oblakulov mualliflik qildi.
Fikrlar