"Qizilqum" nazorat o‘yinida Pro-liga jamoasidan ustun keldi

  • 30 yanvar, 2023, 15:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Qizilqum" nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Unda navoiyliklarga "Sho‘rtan" jamoasi raqiblik qildi. 

Tecno

Bellashuvda 1:0 hisobi qayd etildi. Bahsdagi yagona golni 9-daqiqada Oybek Nurmatov penaltidan kiritdi. 

12 kunlik Toshkent yig‘ini davomida "oltin izlovchilar" 4 ta nazorat uchrashuvida maydonga chiqdi. “So‘g‘diyona” (2:1), “Surxon” (3:1), “Sho‘rtan” (1:0) klublari mag‘lub etilgan bo‘lsa, “Dinamo”ga (2:3) imkoniyat boy berildi.

Nazorat uchrashuvi.

“Qizilqum” – “Sho‘rtan” 1:0

Toshkent.

Bosh hakam: R.Karimov.

Gol: Oybek Nurmatov (9-pen).

“Qizilqum”: A.Makosin, J.Sodiqov, N.Tarasov, S.Shukrullaev, A.Usmonov, M.Rahmatov, I.Toshpo‘latov, O.Anvarov, O.Nurmatov, Sh.Jo‘raev. J.Xolto‘raev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: I.Vahobov, H.Abdualimov, D.Rahmatullaev, O.Tolmasov, A.Sanoev, Sh.Turopov, A. Mamatxo‘jaev, S.Tursunov, A.Asadov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!