"Qizilqum" navbatdagi o‘yinda ham g‘alaba qozondi

  • 3 fevral, 2021, 16:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qizilqum” Turkiya yig‘ini doirasida uchinchi nazorat uchrashuvini Ukrainaning “Obolon” klubiga qarshi o‘tkazib, irodali g‘alabaga erishdi.

Tecno

Antaliyadagi “IC Football center” majmuasida o‘tgan mazkur bellashuvga murabbiylar shtabi avvalgi ikki bahsda maydonga tushmagan, kamroq o‘yin amaliyotiga ega futbolchilarga imkon berishga qaror qilishdi.

kizilkum obolon1

Uchrashuv debyutidayoq vakillarimiz gol o‘tkazib yuborishlariga qaramay, keyinchalik tashabbusni o‘zlari tomonga og‘dirib olishdi. 40-daqiqaga kelib esa hisob tenglashdi. Raqib darvozasi oldida chamasi 20 metrlardan belgilangan jarima zarbasini Oybek Qilichev “jonli devor”dan oshirib darvoza to‘riga yo‘lladi. Raqib posboni to‘pni nigohlari bilan kuzatib qoldi, xolos – 1:1.

Ikkinchi bo‘limda har ikkala jamoa tarkibida bir qator o‘zgarishlar kuzatildi. 52-daqiqada kievliklarning tezkor qarshi hujumidan keyin yana Artyom Makosin darvozasi ishg‘ol etildi - 1:2.  Shunga qaramay, “Qizilqum” asosiy e’tiborni hujumlarni samarali yakunlashga qaratdi va natijada ikkita gol kiritib, irodali g‘alabani tantana qildi. Zaxiradan maydonga tushgan Mate Vattsadze ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdi. Qizig‘i, gruziyalik hujumchi har ikki golini burchakdan to‘p uzatilgach, boshi bilan kievliklar darvozasiga aniq yo‘llashning uddasidan chiqdi.

kizilkum obolon

Mazkur bellashuvni “Qizilqum” quyidagi tarkibda o‘tkazdi: Artyom Makosin, Oleg Tolmasov (Muhsin Ubaydullaev), Fayzulla Qambarov, Aziz Usmonov, Mirjalol Qosimov, Jasur Azimov, Jamshid Hasanov, Oybek Qilichev, Elguja Grigalashvili (Behruz Sa’dilloev), Georgi Kuxianidze, Qadamboy Nurmetov (Mate Vattsadze).

“Qizilqum” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!