“Qizilqum” bu tur “Qo‘qon-1912”, “Andijon” va Toshkentga safar qilgan “Navbahor”ni ortda qoldirdi. “Mash’al”ga esa “jon kirdi”

  • 20 may, 2021, 20:52
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

17-19 may kunlari Superligada 9-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Tecno

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etmoqdamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislarining statistikasini tanishtiramiz.

“Nasaf”ning OFK kubogida ishtirok etayotgani bois “Metallurg”ga qarshi o‘yini 23 iyunga qoldirildi. Shuning uchun 9-tur 6 uchrashuvdan iborat bo‘ldi.

Bu gal stadionlarimizga jami 24680 tomoshabin tashrif buyurdi (avvalgi turga qaraganda raqamlar deyarli ikki barobarga oshdi). Har bir bellashuvga o‘rtacha 4113ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p muxlis Navoiyda qayd etildi. “Qizilqum” – “Paxtakor” o‘rtasidagi bahsni 7832 odam shohidiga aylandi (bu kamdan-kam uchraydigan holat, ammo ora-orada shunday ham bo‘lib turadi).

Eng kam ishqiboz Termizda. “Surxon” – “Turon” bellashuvini 1284 tomoshabin kuzatdi. Boshqa turlar bilan solishtirganda bu raqam ham yaxshilangan, ya’ni eng kam muxlislar mingdan oshdi.

Turning markaziy bellashuvlari “Bunyodkor” – “Navbahor” qarama-qarshiligini 3851, “Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona” uchrashuvini 5382 muxlis bevosita stadiondan tomosha qildi.

IMG_5228

Muborakliklarga ham “jon kirgan”i e’tiborga molik. Oxirgi paytlarda “Mash’al”ning uy o‘yinlariga tashrif buyurayotganlar soni ming nafarga ham etmayotgandi. Bu gal 3200 ishqiboz AGMK bilan bo‘lgan bahsni ko‘rgani stadionga bordi.

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

“Qizilqum” – “Paxtakor” 0:1. 7832 tomoshabin

“Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona” 2:3. 5382 tomoshabin

“Bunyodkor” – “Navbahor” 0:0. 3851 tomoshabin

“Mash’al” – AGMK 2:1. 3200 tomoshabin

“Andijon” – “Lokomotiv” 1:2. 3131 tomoshabin

“Surxon” – “Turon” 1:0. 1284 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Axmedov
22/05/2021 02:09
Сарлавхада қуйилган гўзал қиз ким дахшату асал а асал хммммм