«Qizilqum» – «Navbahor». Kichik ustunlik namanganliklar tomonida

  • 28 iyun, 2019, 12:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun Coca Cola Superliganing 13-turida "Navbahor" Navoiyda “Qizilqum” klubi mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Mazkur jamoalarning Superliga (oliy liga)dagi o‘zaro o‘yinlari statiskasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, mazkur klublar 38 marta o‘zaro ro‘baro‘ bo‘lishgan. Ushbu bahslarda “Navbahor” 14 marta, navoiyliklar esa 13 marta g‘alaba nashidasini surishgan, 11ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik "lochinlar" tomonida -  50–44. O‘zaro o‘yinlarda"Navbahor" 53, “Qizilqum” esa 50 ochkoni qo‘lga kiritgan.

“Navbahor”ning  navoiyliklar ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 4:0 bo‘lsa, “Qizilqum”ning bu boradagi natijasi 3:0ga teng.

Ma’lumot uchun, “Qizilqum” – “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun Navoiydagi  “Yoshlik” sport majmuasida soat 20:00da start oladi. 

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ibrohim71
28/06/2019 20:53
Nimaga safarda boshqacha uynaydi
Navbaxor Namangan
28/06/2019 13:55
Хурматли админ навбахорри уйинини транслация киласилами ютибда агар иложи боса йозворинг олдиндан рахмат
&
Azamat The Best Boy
28/06/2019 13:23
NAVBAXOR ichki muxitni yaxwilab olsa kere bosa chempion boladi
&
Elmurod
28/06/2019 13:07
Navbahorga omad faqat g'alaba