
"Qit’alar jangi" musobaqasi asosiy bahslari oldidan hamyurtlarimiz vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi (video)
Xabar berib o‘tganimizdek, Rossiyaning Moskva shahrida professional boks yo‘nalishida qit’alararo kichik boks musobaqasi tashkil etilmoqda. Unda Osiyo, Amerika, Afrika va Rossiya o‘z jamoasi bilan ishtirok etmoqda. Janglar 3 daqiqadan 4 raund bo‘lishi belgilangan. Ertadan bahslarga start beriladi.
Dastlabki kun juftliklari quyidagicha ko‘rinish olgan.
Osiyo - Afrika:
63 kg. Bahodur Usmonov (Tojikiston) – Rofima Maev (Janubiy Afrika);
68 kg. Bobo-Usmon Baturov (O‘zbekiston) – Benxard Bernard (Namibiya);
75 kg. Saparbay Aydarov (Qozog‘iston) - Lukas Ndafoluma (Namibiya);
80 kg. Odiljon Aslonov (O‘zbekiston) – Jarman Entoni Damyan (Namibiya);
90 kg. Madiyar Saidraximov (O‘zbekiston) – Simba Kingumba (Kongo).
Rossiya - Amerika:
63 kg. Albert Batirgaziev - Andres Garsiya (Kolumbiya);
68 kg. Xariton Agrba - Mishel Markano (Venesuela);
75 kg. Pavel Sosulin - Adrian Peres (Venesuela);
80 kg. Pavel Silyagin - Karlos Galvan (Kolumbiya);
90 kg. Muslim Gadjimagomedov - Antonio Okles (Ekvador).
Janglar 4-iyundan 5-iyunga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan tungi 1:00 dan "Pervyy" kanalida translyatsiya qilinadi. Ushbu to‘qnashuvlar oldidan vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Fikrlar