
Qirg‘izistonda aralash jang san’ati vakillarimiz g‘olib bo‘lishdi
23 iyun kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Aravon shaharchasida MMA borasida WEF yo‘nalishining o‘ziga xos janglari bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator sportchilarimiz ishtirok etib ularning to‘rt nafari, 66 kg vazn toifasida Usmonjon Bozorov, 84 kgda Baxodir Xo‘jaev, 71 kgda Obidjon Bobojonov, 57 kgda Mirkomil Mo‘minov lar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 71 kg vazn toiafasidagi yana bir hamyurtimiz Islom Murodboev hamda 93 kgda Abbos Mustafoevlar raqiblari bilan durang qayd etishdi.
Ma’lumot uchun: Ushbu sportchilar Mansur Tugizboev qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib borishadi.
Fikrlar