
Kelishilgan o‘yin. Ispan klubi ChL yo‘llanmasini qanchaga sotib olmoqchi edi?
Ispaniyada kelishilgan o‘yinlar bo‘yicha takshiruv ishlari davom etmoqda. Ommaviy axborot vositalari o‘zlaridagi ishonchli manbalarga tayanib ma’lum qilishicha, 2018-2019 yilgi mavsumning so‘nggi uchrashuvida “Xetafe”ga yutqazib berish uchun “Vilyarreal”ning etti nafar futbolchisiga 1,8 million evro taklif qilingan.
Agar o‘sha uchrashuvda “Xetafe” g‘alaba qozonsa, Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lardi.
Bu kelishuv haqida “Xetafe” hujumchisi Xorxe Molina xabardor bo‘lgan. Lekin ayni paytda u ayblovlarni inkor qilmoqda.
La liganing o‘sha mavsumda so‘nggi uchrashuvida “Vilyarreal” raqib maydonida 2:2 hisobida durang o‘ynagan. Bahs yakunlanishiga uch daqiqa qolganida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Xerard hisobni tenglashtirgan va yakunda beshinchi o‘rinni egallagan “Xetafe” Chempionlar ligasiga “Valensiya”ni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan.
Fikrlar