
Qilichbozlik. Ikki sportchimiz Jahon chempionatida medallar uchun kurash olib boradi
Misrning Qohira shahri qilichbozlik bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Bugun mazkur dunyo birinchiligida dastlabki medallar jamlanmasi o‘ynaladi. Jumladan, ayollar shpaga, erkaklar esa sablya qurolida g‘oliblik uchun bahs olib boradi.
Ahamiyatlisi, ikki sportchimiz 1/32 final bosqichidan kurashga qo‘shiladi. Quyida ularning ilk raqiblari bilan tanishish imkoniyatiga egasiz:
Sevara Rahimova - Anna Kun (Vengriya)
Musa Aymuratov - Vasil Xumen (Ukraina).
Fikrlar