
Qilichbozlik. Bugungi kun vakillarimiz uchun medalsiz yakunlandi
Misr poytaxti Qohira shahri qilichbozlik bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Bugun ikki sportchimiz bahslarda ishtirok etishi haqida xabar bergandik. Afsuski, shpaga yo‘nalishida Sevara Rahimova 1/32 final bosqichida jahonning 5-raqamli sportchisiga imkoniyatni boy berdi, 7:15.
Sablya yo‘nalishida yurtimiz sharafini himoya qilgan Musa Aymuratov ilk bosqichda Ukraina vakili Vasil Xumen ustidan 15:13 hisobida g‘alaba qozondi. Ammo italiyalik tajribali sportchi, Tokio Olimpiadasi finalchisi Luka Kuratoli Aymuratovni 1/16 finalda to‘xtatdi. Yakuniy hisob - 6:15, Kuratoli foydasiga.
Ertaga 3 nafar vakilimiz medallar uchun bahsga kirishadi.
Fikrlar