
Qilichbozlik. Afsus, bugun sportchilarimizdan biroz omad yuz o‘girdi
Misr poytaxti Qohira shahri mezbonlik qilayotgan qilichbozlik bo‘yicha Jahon chempionatining navbatdagi kuni biz uchun yakuniga etdi.
Afsuski, bugun barcha yo‘nalishda vakillarimizdan omad yuz o‘girdi. Ayniqsa, yakkalik bellashuvlarida Zaynab Dayibekova hamda Paola Pliego 1 ochko farq bilan imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.
Jamoaviy sablya, erkaklar
1/16 final: O‘zbekiston – Germaniya 28:45;
Jamoaviy shpaga, ayollar
1/16 final: O‘zbekiston – Italiya 22:45;
1/32 final: Zaynab Dayibekova – Mikaela Battiston 14:15;
1/32 final: Paola Pliego – Anna-Elizabet Stoun (AQSh) 14:15;
1/32 final: Muhammad Asranov – Alessio Fokoni 8:15.
Fikrlar