
Qay biri to‘g‘ri: Shohjahon Ergashevning tug‘ilgan kunda bo‘lganligimi yoki avtohalokatga uchraganimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik engilmas bokschi Shohjahon Ergashevning 29 iyun sanasida Moskvada avtoxalokatga uchragani va shifoxonada yotgani borasida xabarlar tarqaldi.
Odatda ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lgan Ergashevning birdaniga internetda "yo‘qolib qolgani" ham shov-shuvlarning avj olishiga olib keldi. SPORTS.uz voqeaga aniqlik kiritish maqsadida Ergashevning ma’muri bilan bog‘landi.
Uning saytimizga ma’lum qilishicha, Shohjahon 29 iyun kuni tug‘ilgan kun tadbirida bo‘lgan va shunday buyon bokschi bilan aloqaga chiqmaganligini aytdi, avtohalokat borasida hech qanday ma’lumotga ega emasligini ma’lum qildi.
Fikrlar