Qatardagi legionerimiz mundial o‘tkazilayotgan mahalda Kubok yutib oldi. Qanday qilib?

  • 27 noyabr, 2022, 20:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Har 4 yilda bir o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionati ayni paytda butun dunyo nigohida bo‘lib turibdi. Mundialni sog‘inganlar Qatar yashil maydonlarida o‘tkazilayotgan o‘yinlarni katta hayajon ostida kuzatayotgan bo‘lsalar ajab emas.

Tecno

Bunday katta futbol forumini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishga nima etsin-a? Mayli, asosiy mavzudan uzoqlashmaylikda, maqsadga ko‘cha qolaylik. Lekin biz so‘z yuritadigan voqea ham Qatar bilan bog‘liq. U erda legionerlarimiz faoliyat olib borishidan xabardorsiz. Biroq jahon chempionati o‘tkazilayotgani sababli o‘z-o‘zidan mahalliy chempionat to‘xtatilgan. Shunday bo‘lsa-da, Qatar klublari uchun baribir o‘yinlar o‘tkazilishini yo‘li topilgan. O‘tgan safar xabar berib o‘tganimizdek, Qatardagi mundial arafasida “Referee Cup” musobaqasi boshlangandi va kuni kecha yakuniga etdi. Musobaqa o‘z nomi bilan jahon chempionatidagi hakamlar uchun ham mo‘ljallangan bo‘lib, bu o‘z o‘rnida Qatar klublari uchun ham juda foydali.

Sports.uz sayti orqali u erda faoliyat olib borayotgan legionerimiz Baxtiyor Qosimov klubi – “Al-Xor” bilan birga  “Referee Cup”da ishtirok etayotgani to‘g‘risida xabar berib o‘tgandik. Mundialning 2-turi davom ettirilayotgan paytda turnir yakunlandi. Unda hamyurtimiz o‘z jamoasi bilan “Referee Cup” g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi bellashuvda Qosimov va uning jamoadoshlari “Al-Duhayl”ni mag‘lubiyatga uchratdilar. Qolganini legionerimizning o‘zidan eshitamiz.

kosimov baxtiyor2

"Turnir guruh bosqichi formatida o‘tdi. Biz o‘z guruhimizda 2-o‘rin bilan chiqdik. Bizning guruhimizda “Al-Garafa”, “Al-Duxayl” va “Umm Salal” jamoalari bor edi. Keyingi bosqichda “Al-Vakra”ni 3:1 hisobida engdik. Yarim finalda “Al-Shamal”ni 3:0 natijasi bilan yutdik. O‘sha o‘yinda birinchi golni urdim. Finalda “Al-Duhayl” bilan bellashdik. Asosiy vaqtda 1:1 bo‘ldi, penaltilar seriyasida engdik. Xudoga shukr, barcha uchrashuvlarda to‘liq ishtirok etdim.

Barcha ishtirokchilar Qatar Yulduzlar ligasi jamoalari edi. Quyi diviziondan faqat biz – “Al-Xor” qatnashdi. “Al-Sadd”ning o‘rniga qo‘shilganmiz. Chunki ushbu jamoa safidagi barcha futbolchilar terma jamoa safida bo‘lgani uchun o‘rniga bizni qo‘shishgan.

kosimov baxtiyor

“Referee Cup” turniri juda yaxshi o‘tdi. Har bir uchrashuvda maydonga faqat g‘alabani ko‘zlab maydonga tushdik. Xudoga shukr, musobaqa chempioni bo‘ldik. Jamoamizdagi asosiy vazifa Qatar Yulduzlar ligasiga chiqish. Biz mana shu maqsad yo‘lida mehnat qilyapmiz. Xudo xohlasa, bir oila bo‘lib, oldimizga qo‘yilgan vazifani bajaramiz, deb umid qilaman", - dedi Qosimov.

Andijonlik ushbu futbolchi Qatardagi faoliyati mobaynida tabiiyki, jahon chempionati bahslarini ham o‘tkazib yubormaslikka harakat qilyapti. Fursatdan foydalangan holda Baxtiyor Qosimov u erdagi mundial nafasi haqida ham taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Angliya – AQSh o‘yinini stadionda kuzatdim. Qolgan chiptalarim guruhdan keyingi o‘yinlar uchun. Nasib qilsa, yana munidal uchrashuvlarini stadionda tomosha qilaman. Bilayotgan bo‘lsangiz, Qatarda o‘tayotgan bu safargi jahon chempionati “bomba” bo‘lyapti. Odam juda ko‘p. Birinchi o‘yinga 68 ming muxlis kirgan. Muhit a’lo darajada. Ko‘chalarda muxlislar uchun fan-zonalar tashkil qilingan. Qatar sharoitlarni juda yuqori darajada tashkillashtirgan. Shuning uchun munidal zo‘r o‘tyapti.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!