
Qadrdon jamoa Ronaldudan yuz o‘girdi
Krishtianu Ronalduni jahon fuboliga tanitgan “Manchester Yunayted” portugaliyalik yulduzni olish fikridan qaytdi.
Avvalroq, “Yuventus” va “Manchester Yunayted” Krishtianu Ronaldu hamda Pol Pogba rokirovkasini amalga oshirish bo‘yicha ish olib borayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Biroq, manchesterliklar yozda boshqa transferlarga e’tibor qaratadigan bo‘ldi.
Hozircha, Ronalduni olishi mumkin bo‘lgan jamoa PSJ hisoblanadi. Parijliklar Kilian Mbappeni ushlab qola olmasa, o‘rniga Krishtianuni olib kelmoqchi.
Ronaldu yakunlangan mavsumda A Seriyada 33 ta uchrashuvda 29 ta gol urdi.
Fikrlar