
Pxyonchxan-2018: Avstriyalik go‘zal snoubordda g‘olib bo‘ldi
Pxyonchxan Olimpiadasining navbatdagi kun bellashuvlarida ilk o‘ynalgan medallardan biri ayollar o‘rtasida snoubordning big-eyr yo‘nalishida bo‘ldi.
Jahon chempionatlari va jahon kubogi bosqichlarida o‘zining yuqori mahoratini ko‘rsatib kelgan avstriyalik Anna Gasser Koreya Olimpiadasida g‘olib bo‘lib, terma jamoasi hisobiga navbatdagi oltin medalni olib keldi. Kumush medal amerikalik Jeymi Andersonqo‘lga kiritgan bo‘lsa, yangi zelandiyalik Zoui Sinnott bronza medali bilan taqdirlandi.
Snoubord. Ayollar, big-eyr.
1. Anna Gasser (Avstriya)
2. Jeymi Anderson (AQSh)
3. Zoui Sadovski Sinnott (Yangi Zelandiya)
Fikrlar