Pulishich, Dest va yosh iqtidorlar makoni, Shimoliy Amerikaning amaldagi chempionlari sanalmish AQSh terma jamoasi bilan tanishtiramiz

  • 24 oktabr, 2022, 18:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh-2022 startiga tobora oz vaqt qolmoqda. Muxlis va mutaxassislarni intizorlik bilan kuttirayotgan turnir tez orada boshlanadi.

Tecno

Qaysi terma jamoalar JCh-2022 da ishtirok etishini yaxshi bilasiz. Agar hamon bundan xabardor bo‘lmasangiz yana bir  bor eslatib o‘tib ketamiz.

kubokmira

Mundial startiga 26 kun qolgan va biz ketma-ketlikda termalar bilan sizni tanishtirib o‘tamiz. Demak, "B" guruhi vakili AQSh orqali o‘ziga xos "chellenj"imizni davom ettiramiz.

Amerika Qo‘shma Shtatlari terma jamoasi, Qo‘shma Shtatlar futbol (sokker) federatsiyasi (USSF).

Tashkil topgan: 1913 yil (FIFA'ga 1913 yilda a’zo bo‘lgan).
Bosh murabbiy: Gregg Berxalter.
Jamoa sardori: Kristian Pulishich.

Ilk rasmiy bahsi: Shvetsiya - AQSh 2:3 (1916 yil).
Eng yirik g‘alaba: AQSh - Barbados 8:0 (2008 yil).
Eng yirik mag‘lubiyat: Norvegiya - AQSh 11:0 (1948 yil).

Ayni dam mazkur terma jamoa FIFA reytingida 16-o‘rinni band etib turibdi. Ularning reytingda eng yuqori ko‘rsatkichi 4, eng pasti esa 35-o‘rin bo‘lgan.

Ushbu yurt termasi bunga qadar o‘tkazilgan Jahon Chempionatlarida 11 bora ishtirok etgan. Ilk bor Qo‘shma Shtatlar termasi dastlabki 1930 yilgi Urugvay yashil maydonlarida o‘tgan mundialda qatnashishga muvaffaq bo‘lgan. Eng yaxshi natijasi ham ayni o‘sha 1930 yilda qayd etilgan. O‘shanda jamoa bronza medallarini qo‘lga kiritishga erishgan. 

usa

Turnirgacha bosib o‘tilgan yo‘l

AQSh terma jamoasi Mundial yo‘llanmasi uchun kechgan saralash bahslarida munosib ishtirok etdi. 8 jamoa ichida terma 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Saralash turnirida "Yulduzli va chiziqlilar" 25 ochko bilan 3-o‘rinni band etdi. 7 g‘alaba, 4 durang va 3 mag‘lubiyat qayd etgan terma vakillari 21 gol urib, o‘z darvozasidan 10 gol olib chiqdi. 

Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar JCh-2022ga tayyorgarlik olib borish maqsadida bir qancha uchrashuvlar o‘tkazdi:

sshao‘rtoq

Tarkibdagi futbolchilarning transfer narxi taniqli "Transfemarkt" talqiniga ko‘ra, 204.40 million evroni tashkil etadi.

Eslatma: Ushbu miqdor so‘nggi yig‘inga chaqirilgan futbolchilarning transfer narxiga ko‘ra hisoblangan. Mundialga chaqirilgan o‘yinchilar nomi hali ma’lum emas.

JCh-2022'dagi taqvimi

Avval aytganimizdek, AQSh futbol bo‘yicha eng nufuzli turnirning "B" guruhida Angliya, Eron hamda Uels kabi termalar bilan bir guruhdan joy olgan. Ularning taqvimi quyidagicha:

21 dan 22-noyabrga o‘tar kechasi

00:00 AQSh - Uels.

25 dan 26-noyabrga o‘tar kechasi

00:00 Angliya - AQSh.

29 dan 30-noyabrga o‘tar kechasi

00:00 Eron - AQSh.

 

Shohrux Zoirov tayyorladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!