
PSJga "Lion" himoyachisi kerak
PSJ klubiga "Lion" himoyachisi Leo Dyubua kerak. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, parijliklar 25 yoshli futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq qo‘lga kiritmoqchi va buning uchun taklif tayyorlamoqda.
Ma’lumot uchun, Dyubua “Lion” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan, transfer narxi esa 12 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar