
PSJ "Yuventus" himoyachisi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
PSJ klubi "Yuventus" himoyachisi Aleks Sandroning transferi borasida muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra parijliklar 28 yoshli braziliyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi. Bu Frantsiya chempioniga 50 mln evroga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Aleks Sandro joriy mavsum “Yuventus” safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar