
PSJ yulduzi "Barsa"dan rad javobini oldi
PSJ klubi vingeri Anxel Di Mariya o‘z xizmatlarini "Barselona"ga taklif qildi. Bu haqda taniqli jurnalist Xavi Migel xabar berdi.
Xabaringiz bor, argentinalik futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakuniga etadi va u erkin agentga aylanadi.
Di Mariya "Barselona"da o‘ynash niyati borligini yashirmay, kataloniyaliklarga bu borada taklif bilan chiqdi. Biroq "ko‘k-anorranglilar" 34 yoshli futbolchi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun "Yuventus" asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.
Fikrlar