
PSJ qariyalarni nima qiladi?
PSJning qariya futbolchilari – Edinson Kavani va Tyago Silva shartnomasi yakunlanganiga qaramay, Evropa Chempionlar ligasida parijliklar sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, bu ikki legioner Liga kubogi va Frantsiya kubogi doirasidagi uchrashuvlarda ham maydonga tushadi.
Chempionlar ligasi pleyy-off uchrashuvlari 12-23 avgust kunlari Lissabonda tashkil etiladi. PSJ Liga kubogi finalida “Lion”ga, Frantsiya kubogi uchun bahsda “Sent-Eten”ga qarshi hal qiluvchi bahsda o‘ynaydi.
Fikrlar