
PSJ o‘z safiga Portugaliya terma jamoasi a’zosini qo‘shib olmoqchi
PSJ klubi "Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Rafael Gerreyroni o‘z safida ko‘rmoqchi.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar rahbariyati allaqachon ushbu masala yuzasidan 25 yoshli portugaliyalik futbolchining agenti bilan bog‘langan. Ayni damda tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, Gerreyro o‘tgan mavsum Bundesligada jami 23ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar