
PSJ Neymar ketsa, o‘rniga "Liverpul" forvardini olib kelmoqchi
"Liverpul" hujumchisi Sado Mane PSJ klubining qiziqishlari doirasiga kirmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli futbolchining o‘yin uslubi parijliklarning rahbariyatiga juda ma’qul keladi.
PSJ Neymar jamoani tark etadigan bo‘lsa, Mane uning o‘rniga munosib nomzod deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mane 2016 yildan buyon "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar